158-modda. Imtiyozlar
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 25.12.2007 · Amalda
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini toʻlashdan quyidagi yuridik shaxslar ozod qilinadi:
4) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qoʻriqlash boʻlinmalari.
Yuridik shaxslarning quyidagi foydasi yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini toʻlashdan ozod qilinadi:
1) protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun inventarlar ishlab chiqarishdan, shuningdek nogironlarga ortopedik protezlash xizmati koʻrsatishdan, nogironlar uchun moʻljallangan protez-ortopediya buyumlari va inventarlarni taʼmirlash hamda ularga xizmat koʻrsatishdan olingan foydasi;
2) shahar yoʻlovchilar transportida (taksidan, shu jumladan yoʻnalishli taksidan tashqari) yoʻlovchilarni tashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishdan olingan foydasi;
3) moddiy madaniy meros obyektlarini taʼmirlash hamda qayta tiklash ishlarini amalga oshirishdan olingan foydasi;
5) Xalq banki tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlardan foydalanishdan olingan foydasi.
6) fond birjasida emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni realizatsiya qilishdan olingan foydasi.
Ishlovchilari umumiy sonining 3 foizidan koʻprogʻini nogironlar tashkil etgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi summasi ushbu qismda belgilangan normadan ortiq ishga joylashtirilgan nogironlarning har bir foiziga yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining summasi bir foiz kamaytiriladigan hisob-kitob asosida kamaytiriladi.
