144-modda. Amortizatsiya xarajatlari
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 25.12.2007 · Amalda
Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq soliq toʻlovchi tomonidan hisobga olinadigan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar ushbu moddaning qoʻllanilishi maqsadida amortizatsiya qilinadigan mol-mulk deb eʼtirof etiladi.
Quyidagilar amortizatsiya qilinmaydi:
1) yer uchastkalari va tabiatdan foydalanishga doir boshqa obyektlar (suv, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslar);
2) mahsuldor chorva mollari;
3) axborot-kutubxona fondi;
4) muzey ashyolari;
5) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiyalashga oʻtkazilgan asosiy vositalar;
6) moddiy madaniy meros obyektlari;
7) umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari, yoʻlaklar, sayilgohlar, xiyobonlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida boʻlgan obodonlashtirish inshootlari;
8) qiymati ilgari toʻliq chegirilgan mol-mulk;
9) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar tarkibiga oʻtkazilmagan kapital qoʻyilmalar.
Soliq solish maqsadida amortizatsiya qilinishi kerak boʻlgan mol-mulk amortizatsiyaning quyidagi eng yuqori normalari bilan guruhlarga taqsimlanadi:
Guruhlar tartib raqami Kichik guruhlar tartib raqami Asosiy vositalarning nomi Amortizasiyaning yillik eng yuqori normasi, foizlarda I Binolar, imoratlar va inshootlar 1 Binolar, imoratlar 3 2 Neft va gaz quduqlari 5 3 Neft-gaz omborlari 4 Kema qatnaydigan kanallar, suv kanallari 5 Koʻpriklar 6 Dambalar, toʻgʻonlar 7 Daryo va dengiz prichal inshootlari 8 Korxonalarning temir yoʻllari 9 Qirgʻoqni mustahkamlovchi, qirgʻoqni himoyalovchi inshootlar 10 Rezervuarlar, sisternalar, baklar va boshqa sigʻimlar 11 Ichki xoʻjalik va xoʻjaliklararo sugʻorish tarmogʻi 12 Yopiq kollektor-drenaj tarmogʻi 13 Havo kemalarining uchish-qoʻnish yoʻllari, yoʻlaklari, toʻxtash joylari 14 Bogʻlarning va hayvonot bogʻlarining inshootlari 15 Sport-sogʻlomlashtirish inshootlari 16 Issiqxonalar va parniklar 17 Boshqa inshootlar II Uzatish qurilmalari 1 Elektr uzatish hamda aloqa qurilmalari va liniyalari 8 2 Ichki gaz quvurlari va quvurlar 3 Vodoprovod, kanalizatsiya va issiqlik tarmoqlari 4 Magistral quvurlar 5 Boshqalar III Kuch-quvvat beradigan mashinalar va uskunalar 1 Issiqlik texnika uskunalari 8 2 Turbina uskunalari va gaz turbinalari qurilmalari 3 Elektr dvigatellari va dizel-generatorlar 4 Kompleks qurilmalar 5 Boshqa kuch-quvvat beradigan mashinalar va uskunalar (harakatlanuvchi transportdan tashqari) IV Faoliyat turlari boʻyicha ish mashinalari va uskunalar (harakatlanuvchi transportdan tashqari) 1 Iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga tegishli mashinalar va uskunalar 15 2 Qishloq xoʻjaligi traktorlari, mashinalari va uskunalari 3 Kommutatsiyalar va maʼlumotlarni uzatish raqamli elektron uskunalari, raqamli tizimlar uzatish uskunalari, raqamli aloqa oʻlchov texnikasi 4 Yoʻldosh, uyali aloqa, radiotelefon, peyjing va tranking aloqa uskunalari 5 Uzatishlar tizimlari kommutatsiyalarining oʻxshash uskunalari 6 Kinostudiyalarning maxsus uskunalari, tibbiy va mikrobiologiya sanoati uskunalari 7 Kompressor mashinalari va uskunalari 8 Nasoslar 9 Yuk koʻtarish-transport, yuk ortish-tushirish mashinalari va uskunalari, tuproq, karyer hamda yoʻl-qurilish ishlari uchun mashinalar va uskunalar 10 Ustun-qoziq qoqish mashinalari va uskunalari, maydalash-yanchish, saralash, boyitish uskunalari 11 Texnologik jarayonlar uchun barcha turdagi sigʻimlar 12 Neft qazib chiqarish va burgʻulash uskunalari 13 Boshqa mashinalar va uskunalar V Harakatlanuvchan transport 1 Temir yoʻlning harakatdagi tarkibi 4 2 Dengiz, daryo kemalari, baliqchilik sanoati kemalari 3 Havo transporti 4 Avtomobil transportining harakatdagi tarkibi, ishlab chiqarish transporti 20 5 Yengil avtomobillar 6 Sanoat traktorlari 7 Kommunal transport 10 8 Maxsus vaxta vagonlari 9 Boshqa transport vositalari 20 VI Kompyuter, periferiya qurilmalari, maʼlumotlarni qayta ishlash uskunalari 1 Kompyuterlar 20 2 Periferiya qurilmalari va maʼlumotlarni qayta ishlash uskunalari 3 Nusxa koʻchirish-koʻpaytirish texnikasi 4 Boshqalar VII Boshqa guruhlarga kiritilmagan asosiy vositalar 1 Koʻp yillik dov-daraxtlar 10 2 Boshqalar 15
