18-modda. Tashuvchining majburiyatlari
Avtomobil transporti toʻgʻrisida (674-I-son) · Sana: 29.08.1998 · Amalda
Mijozga xizmat koʻrsatish chogʻida tashuvchi:
tashish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlishi;
sertifikatga ega boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatga olingan ishga yaroqli transport vositalaridan foydalanishi;
tashish shartnomasi shartlariga rioya qilishi;
yoʻlovchilar, bagaj va yuklar tashishning belgilangan qoidalariga rioya qilishi;
yoʻlovchi, bagaj yoki yukni tayinlangan joyiga tashish shartnomasida belgilangan muddatda eltib qoʻyishi. Agar eltib qoʻyish muddati tashish shartnomasida belgilanmagan va nazarda tutilmagan boʻlsa, eltib qoʻyish oqilona muddatlarda amalga oshirilishi lozim;
yoʻlovchining xavfsizligini, xizmat koʻrsatishning zarur qulayliklari va shartlarini taʼminlashi;
bagaj va yuklarning tashishga qabul qilib olingan paytdan boshlab oluvchiga berilgunga qadar saqlanishini taʼminlashi;
yoʻl harakati xavfsizligi va atrof muhitni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishini taʼminlashi;
tashuvchi tashishni davom ettirishdan bosh tortgan taqdirda mijoz koʻrgan zararni qoplashi;
avtomobilda tashishlar boʻyicha belgilangan tartibga muvofiq hisobga olish va hisobot berish ishlarini yuritishi;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarishi shart.
