17-modda. Tashuvchining huquqlari
Avtomobil transporti toʻgʻrisida (674-I-son) · Sana: 29.08.1998 · Amalda
Tashuvchi quyidagi huquqlarga ega:
umumiy foydalanishdagi barcha avtomobil yoʻllari, shuningdek idoralarga qarashli umumiy foydalanish uchun ochiq avtomobil yoʻllari orqali oʻtish;
joʻnatilayotgan yuk oʻz sertifikatiga muvofiq ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarni olish;
fuqarolar hayotiga, yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi, ekologiya va sanitariya normalari buzilishiga yoki boshqa gʻayriqonuniy harakatlarga sabab boʻluvchi holatlarda tashishdan voz kechish.
Tashuvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
