6-modda. Dehqon xoʻjaligining yerga egalik qilishi va yerdan foydalanishi
Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida (654-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Amalda
1. Dehqon xoʻjaligining yerga egalik qilish va yerdan foydalanish sohasidagi huquq va vazifalari “Yer toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilab qoʻyiladi.
2. Dehqon xoʻjaligiga berilgan yer uchastkasi taqsimlanishi mumkin emas.
Yer uchastkasining sahni va uning chegaralari dehqon xoʻjaligi rahbarining roziligi bilangina oʻzgartirilishi mumkin.
3. Yer uchastkasi tortib olingan yoki boshqa shaxsga, korxona yoxud tashkilotga berilgan taqdirda dehqon xoʻjaligi qonunlarga muvofiq koʻrgan zararining va qilgan sarf-xarajatlarining oʻrnini qoplatib olish huquqiga ega.
Yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanish huquqiga doir nizolar sud orqali hal etiladi.
4. Dehqon xoʻjaligining boshligʻi vafot etgan taqdirda yoki mehnat qobiliyatini butunlay yoʻqotgan hollarda yer uchastkasiga egalik qilish yoxud yer uchastkasidan foydalanish huquqi xoʻjalik aʼzolarining roziligi bilan ulardan biriga yoki qonunlarda belgilangan tartibda va shartlarda oʻzga shaxslarga beriladi.
5. Dehqon xoʻjaligi oʻz faoliyatini toʻxtatgan hollarda unga ajratilgan yerga egalik qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi masala tuman hokimi tomonidan hal etiladi.
