7-modda. Yer haqi
Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida (654-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Amalda
“Yer toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yerga egalik qilish va yerdan foydalanish pullidir.
Yer haqi yer soligʻi yoki ijara haqi tarzida, yer uchastkasining sifatiga, qayerda joylashganligiga va suv bilan taʼminlanganligiga qarab, uning kadastr bahosini hisobga olgan holda belgilanadigan hajmda undiriladi.
Dehqon xoʻjaliklariga soliq solish tartibi, ularning yer haqi toʻlovining stavkasi va eng kam hamda eng koʻp miqdorlari davlat, jamoa va oʻzga korxonalar hamda xoʻjaliklardan undiriladigan darajaga teng boʻladi.
Dehqon xoʻjaligi roʻyxatga olingan paytdan boshlab dastlabki ikki yil davomida undan yer soligʻi olinmaydi.
Xalq deputatlari tegishli Kengashlari yer haqini undirishda boshqa imtiyozlar ham belgilashlari mumkin.
