10-modda. Dehqon xoʻjaligining mulki
Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida (654-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Amalda
1. Dehqon xoʻjaligi turar joylar, xoʻjalik binolari, tomorqadagi dov-daraxt va ekinlar, mahsuldor chorva, parranda, qishloq xoʻjaligi texnikasi, anjomlar, uskunalar, transport vositalari, pul mablagʻlari, shuningdek boshqa narsalarga mulk egasi boʻlishga haqlidir.
2. Dehqon xoʻjaligining pul jamgʻarmalarini hosil qilish manbalari:
dehqon xoʻjaligi aʼzolarining pul va moddiy mablagʻlaridan;
mahsulot realizatsiya qilishdan, ish bajarish, xizmat koʻrsatishdan, shuningdek mehnat faoliyatining oʻzga turlaridan kelgan daromadlardan;
qimmatli qogʻozlardan kelgan daromadlardan;
kreditlardan;
budjetdan qilingan kapital ajratmalar va dotatsiyalardan;
korxonalar, birlashmalar ,tashkilotlar va fuqarolarning xayriya va oʻzga badallari, ehsonlaridan;
qonunlarda taqiqlanmagan oʻzga manbalardan iborat boʻladi.
