11-modda. Dehqon xoʻjaligining mol-mulkiga egalik qilish huquqi
Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida (654-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Amalda
1. Dehqon xoʻjaligining oʻziga qarashli mol-mulkka egalik qilish huquqi davlat himoyasida boʻladi.
2. Dehqon xoʻjaligining mol-mulki umumiy (paychilik yoki hamkorlikdagi) egalik asosida uning aʼzolariga tegishli boʻladi.
3. Dehqon xoʻjaligining mol-mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish xoʻjalik aʼzolari tomonidan oʻzaro kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Dehqon xoʻjaligining aʼzolari, basharti boshqa dehqon xoʻjaligini tuzish maqsadida uning tarkibidan chiqayotgan boʻlsalar, u holda dehqon xoʻjaligidan chiqayotganlarida ulushlarini natura holida olishga haqlidirlar. Bunday paytda mulkdagi ulush natura holida shunday ajratiladiki, faoliyat koʻrsatib kelayotgan dehqon xoʻjaligi ishlash uchun oʻziga zarur boʻlgan asosiy ishlab chiqarish fondlaridan mahrum boʻlmaydi.
5. Dehqon xoʻjaligi korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar va ayrim shaxslardan mol-mulkni sotib olish, ijaraga olish yoki vaqtincha foydalanib turish uchun olish huquqiga egadir.
