9-modda. Jamoa xoʻjaliklari va oʻzga qishloq xoʻjaligi kooperativlari aʼzolari tomonidan dehqon xoʻjaligini tashkil etishning oʻziga xos jihatlari
Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida (654-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Amalda
1. Jamoa xoʻjaliklari va oʻzga qishloq xoʻjaligi kooperativlarining, xoʻjalik yoki kooperativ tarkibidan chiqib, mustaqil dehqon xoʻjaligi yuritish istagini bildirgan aʼzolari kooperativ ustaviga muvofiq mol-mulk qiymatining va foydaning tegishli ulushini olishga haqlidirlar, bu ulush kooperativ aʼzosining mehnat ishtirokini hisobga olgan holda belgilanadi.
2. Jamoa xoʻjaliklari va oʻzga qishloq xoʻjaligi kooperativlari jamoa xoʻjaligi yoki kooperativning dehqon xoʻjaligi tuzish istagida boʻlgan aʼzolariga mol-mulk qiymatining va foydaning tegishli ulushi hisobidan oʻzaro kelishuvga muvofiq jamoa xoʻjaligidan chiqayotganlarga asosiy va oborot mablagʻlarini beradilar yoki ularni ijaraga topshiradilar yoxud dehqon xoʻjaligi banklardan kredit olayotganda kafil boʻladilar yoinki ijara haqi va ssudalardan foydalanganlik uchun foizlar toʻlash sarf-xarajatlarini ulush summasi doirasida qoplaydilar. Jamoa xoʻjaligidan va boshqa kooperativ tashkilotlardan chiqayotganlarga mol-mulk qiymatining yoki foydaning ulushini toʻlash muddati besh yildan oshmasligi kerak.
