“207-modda. Chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali oʻtish qoidalarini buzish
OʻzbekistonRespublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi kodeksida va Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jarima miqdorlarini qayta hisoblab chiqish tartibi haqida (751-XII-son) · Sana: 09.12.1992 · Amalda
Chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarining buzilishi, yaʼni Oʻzbekiston Respublikasida yashash huquqini beruvchi hujjatlarsiz yashash yoki haqiqiy boʻlmagan hujjatlar bilan yashash, roʻyxatdan yoki propiskadan oʻtish yoxud bir joydan ikkinchi joyga borish va istiqomat joyini tanlab olish yuzasidan belgilangan tartibga rioya qilmaslik, yashash uchun belgilangan muddat tugagach bu yerdan chiqib ketishdan boʻyin tovlash, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali oʻtish qoidalariga rioya qilmaslik,—
eng kam oylik ish haqining oʻn hissasigacha boʻlgan miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni qabul qiluvchi yoki ularga xizmat koʻrsatilishini taʼminlovchi, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi va Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali oʻtish shartlariga rioya qilish bilan bogʻliq vazifalarni bajaruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari tomonidan ularni roʻyxatdan, propiskadan oʻtkazish yoki roʻyxatdan chiqarish, ular uchun Oʻzbekiston Respublikasida yashash, bir joydan ikkinchi joyga borish va istiqomat joyini oʻzgartirish huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish yuzasidan belgilangan tartibning buzilishi,—
eng kam oylik ish haqining uch hissasidan oʻn hissagacha miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Xususiy ish bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilgan hamda ularga uy-joy maydoni bergan fuqarolarning ularni belgilangan tartibda oʻz vaqtida roʻyxatdan, propiskadan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻchirishni taʼminlash choralarini koʻrmasligi,—
eng kam oylik ish haqining besh hissasigacha miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
