“122-modda. Ozodlikdan mahrum etish joylaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat oʻrnatish — OʻzbekistonRespublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi kodeksida va Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jarima miqdorlarini qayta hisoblab chiqish tartibi haqida (751-XII-son)
“122-modda. Ozodlikdan mahrum etish joylaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat oʻrnatish
OʻzbekistonRespublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi kodeksida va Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jarima miqdorlarini qayta hisoblab chiqish tartibi haqida (751-XII-son) · Sana: 09.12.1992 · Amalda
Ozodlikdan mahrum etish joylaridan boʻshatilgan ogʻir jinoyatlari uchun tayinlangan jazoni oʻtab chiqqan yoki qasddan qilgan har qanday jinoyati uchun ikki marta va undan koʻp marta sudlanib, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning ozodlikdan mahrum etish joylarida jazo muddatini oʻtash davridagi yoxud jazoni oʻtab boʻlgandan keyin xulqi ular axloqan tuzalish va mehnat qilib halol kun kechirish yoʻliga tushishini sira istamaganliklaridan dalolat berib turgan boʻlsa, ichki ishlar idoralari bunday shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat oʻrnatadilar.
Maʼmuriy nazorat oʻrnatish uchun asos hamda uni amalga oshirish tartibi ozodlikdan mahrum etish joylaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarining maʼmuriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida belgilab qoʻyiladi”;
3) 123-moddada:
ikkinchi qism quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ushbu Kodeksning 122-moddasi birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarga nisbatan axloq tuzatish-mehnat muassasasining boshligʻi ular boʻshatilishidan eng kamida bir oy oldin muassasa joylashgan yerdagi sudga maʼmuriy nazorat oʻrnatish zarurligi asoslab koʻrsatilgan taqdimnoma hamda mahkumning axloqan tuzalish va mehnat qilib, halol kun kechirish yoʻliga tushishni sira istamayotganligidan dalolat beruvchi materiallarni yuboradi”;
modda quyidagi mazmunda boʻlgan uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Maʼmuriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisidagi sudyaning qarori hamda tanlangan turar-joyga etib borish muddati nazorat ostidagi shaxsga tilxat vositasida maʼlum qilinadi. Qaror nazorat ostidagi shaxs tanlangan turar joydagi ichki ishlar idorasi (militsiya) ga barvaqt joʻnatiladi, bunda soʻnggi muddat boʻshatilgan kun hisoblanadi”.
VI. Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi kodeksi qabul qilgunga qadar bundan buyon qatʼiy soʻmlarda ifodalangan jarima miqdorlarini qayta hisoblashning quyidagi tartibiga amal qilinsin:
agar jarimaning eng yuqori miqdori:
— oʻn soʻm boʻlsa, u huquqbuzarlik sodir etilayotgan davrda belgilangan eng kam oylik ish haqining oʻndan bir qismiga teng deb hisoblansin, bunda jarima miqdori yigirma besh soʻmdan oz boʻlmasligi kerak;
— oʻttiz soʻm boʻlsa, u eng kam oylik ish haqining uchdan biriga teng deb hisoblansin, bunda jarima miqdori ellik soʻmdan oz boʻlmasligi kerak;
— ellik soʻm boʻlsa, u eng kam oylik ish haqining yarmiga teng deb hisoblansin, bunda jarimaning miqdori eng kam oylik ish haqining oʻndan bir qismidan oz boʻlmasligi kerak;
— yuz soʻm boʻlsa, u eng kam oylik ish haqiga teng deb hisoblansin, bunda jarima miqdori eng kam oylik ish haqining uchdan bir qismidan oz boʻlmasligi kerak;
— ikki yuz soʻm boʻlsa, u eng kam oylik ish haqining ikki hissasiga teng deb hisoblansin, bunda koʻzda tutilgan jarima miqdori eng kam oylik ish haqi miqdorining yarmidan oz boʻlmasligi kerak;
— uch yuz soʻm boʻlsa, u eng kam oylik ish haqining uch hissasiga teng deb hisoblansin, bunda jarima miqdori eng kam oylik ish haqi miqdoridan oz boʻlmasligi kerak;
— besh yuz soʻm boʻlsa, u eng kam oylik ish haqining besh hissasiga teng deb hisoblansin, bunda jarima miqdori eng kam oylik ish haqining ikki hissasidan oz boʻlmasligi kerak;
— ming soʻm boʻlsa, u eng kam oylik ish haqining yetti hissasiga teng deb hisoblansin, bunda jarima miqdori eng kam oylik ish haqining uch hissasidan oz boʻlmasligi kerak;
— uch ming soʻm boʻlsa, u eng kam oylik ish haqining oʻn hissasiga teng deb hisoblansin, bunda jarima miqdori eng kam oylik ish haqining toʻrt hissasidan kam boʻlmasligi kerak.
— oʻn ming soʻm boʻlsa, u eng kam oylik ish haqining oʻn besh hissasiga teng deb hisoblansin, bunda jarima miqdori eng kam oylik ish haqining yetti hissasidan oz boʻlmasligi kerak.
VII. Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Jinoyat kodeksi qabul qilingunga qadar bundan buyon qatʼiy soʻmlarda ifodalangan jarima miqdorlarini qayta hisoblashning quyidagi tartibiga amal qilinsin:
agar jarimaning eng yuqori miqdori:
— ellik soʻmdan oshmasa, u jinoyat sodir etgan davrda belgilangan eng kam oylik ish haqiga teng deb hisoblansin, bunda jarima miqdori eng kam oylik ish haqining chorak qismidan oz boʻlmasligi kerak;
— yuz soʻmdan oshmasa, u eng kam oylik ish haqining ikki hissasiga teng deb hisoblansin, bunda jarima miqdori eng kam oylik ish haqining yarmidan oz boʻlmasligi kerak;
— ikki yuz soʻmdan oshmasa, u eng kam oylik ish haqining uch hissasiga teng deb hisoblansin, bunda jarima miqdori eng kam oylik ish haqidan oz boʻlmasligi kerak;
— besh yuz soʻmdan oshmasa, u eng kam oylik ish haqining sakkiz hissasiga teng deb hisoblansin, bunda jarima miqdori eng kam oylik ish haqining ikki hissasidan oz boʻlmasligi kerak.
— ming soʻmdan oshmasa, u eng kam oylik ish haqining oʻn hissasiga teng deb hisoblansin, bunda jarima miqdori eng kam oylik ish haqining uch hissasidan oz boʻlmasligi kerak;
— uch ming soʻmdan oshmasa, u eng kam oylik ish haqining ikki hissasiga teng deb hisoblansin, bunda jarima miqdori eng kam oylik ish haqining sakkiz hissasidan oz boʻlmasligi kerak;
— besh ming soʻmdan oshmasa, u eng kam oylik ish haqining oʻn besh hissasiga teng deb hisoblansin, bunda jarima miqdori eng kam oylik ish haqining oʻn hissasidan kam boʻlmasligi kerak;
— oʻn ming soʻmdan oshmasa, u eng kam oylik ish haqining yigirma hissasiga teng deb hisoblansin, bunda jarima miqdori eng kam oylik ish haqining oʻn ikki hissasidan oz boʻlmasligi kerak;
— oʻn besh ming soʻmdan oshmasa, u eng kam oylik ish haqining yigirma besh hissasiga teng deb hisoblansin, bunda jarima miqdori eng kam oylik ish haqining oʻn besh hissasidan oz boʻlmasligi kerak;
— yigirma besh ming soʻmdan oshmasa, u eng kam oylik ish haqining oʻttiz besh hissasiga teng deb hisoblansin, bunda jarima miqdori eng kam oylik ish haqining yigirma hissasidan oz boʻlmasligi kerak;
— oʻttiz ming soʻmdan oshmasa, u eng kam oylik ish haqining ellik hissasiga teng deb hisoblansin, bunda jarima miqdori eng kam oylik ish haqining yigirma besh hissasidan oz boʻlmasligi kerak.
VIII. Ushbu Qonun eʼlon qilingan vaqtdan boshlab kuchga kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 9-dekabr,
751-XII-son
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “122-modda. Ozodlikdan mahrum etish joylaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat oʻrnatish OʻzbekistonRespublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi kodeksida va Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jarima miqdorlarini qayta hisoblab chiqish tartibi haqida (751-XII-son). neolex.uz/uz/laws/law-124902/122 (lex.uz/docs/-139230)