“175-modda. Foydani (daromadni) yashirganlik (kamaytirib koʻrsatganlik) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni yashirganlik (hisobga olmaganlik) va kassa operatsiyalarini yuritish tartibini buzganlik
OʻzbekistonRespublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi kodeksida va Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jarima miqdorlarini qayta hisoblab chiqish tartibi haqida (751-XII-son) · Sana: 09.12.1992 · Amalda
Foydani (daromadni) yashirganlik (kamaytirib koʻrsatganlik) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni yashirganlik (hisobga olmaganlik), shuningdek buxgalterlik hisob-kitobning yoʻqligi yoki hisob-kitobni belgilangan tartibni buzib olib borganlik hamda buxgalterlik hisobotlarini buzib koʻrsatganlik soliqlarni hamda budjetda va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻlanadigan boshqa toʻlovlarni hisoblab chiqarish hamda toʻlash bilan bogʻliq boʻlgan buxgalterlik hisobotlari, balanslar, hisob-kitoblar, deklaratsiyalar va boshqa hujjatlarni taqdim etmaganlik, oʻz vaqtida taqdim etmaganlik yoki belgilanmagan shaklda taqdim etganlik, shuningdek kassa operatsiyalarini yuritish tartibini buzganlik—”;
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
9) 175-1-moddaning birinchi qismidan “daromadlar hisob-kitobining yoʻqligi yoki uni belgilangan tartibni buzgan holda olib borganlik, daromadlar haqidagi deklaratsiyalarni taqdim etmaganlik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaganlik yoxud deklaratsiyaga notoʻgʻri maʼlumotlar kiritganlik” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
10) 194-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ommaviy axborot vositasini qonunga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazmay turib yoki uni chiqarishni yoxud nashr etishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarordan keyin qonunga xilof holda tayyorlash va tarqatish,—
eng kam oylik ish haqining 5 hissasi miqdorida jarima solib, matbaa yoki boshqa nashrning jami nusxasi olib qoʻyilishiga sabab boʻladi”;
11) 207-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
