“254-3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasining idoralari
OʻzbekistonRespublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi kodeksida va Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jarima miqdorlarini qayta hisoblab chiqish tartibi haqida (751-XII-son) · Sana: 09.12.1992 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasining idoralari ushbu Kodeksning 193-1-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadilar.
Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan idoralar nomidan maʼmuriy jazolar berishga Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasining raisi va uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika qoʻmitasining raisi va uning oʻrinbosari, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklarining Istiqbolni belgilash va statistika boshqarmalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, tuman hamda shahar hokimliklarining istiqbolni belgilash va statistika boʻlimlari boshliqlari haqlidirlar”.
2) 56-moddaning izohi chiqarib tashlansin;
3) 128-1-moddaning uchinchi qismidagi “Metropoliten vagonlarida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
4) 128-2-moddaning birinchi qismidan “shuningdek metropolitenda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
5) 158-modda quyidagi mazmunda boʻlgan ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“xuddi shu xatti-harakatlar maʼmuriy jazo berilganidan keyin bir yil mobaynida takror sodir etilsa,—
fuqarolarga eng kam oylik ish haqining yarmigacha miqdorda, mansabdor shaxslarga eng kam oylik ish haqi miqdorida jarima solinishga olib keladi”;
6) 166-1-moddaning dispozitsiyasidagi “ellik tiyindan oshmagan” degan soʻzlar “kam miqdordagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 171-moddaning dispozitsiyasidan “tekin daromad miqdori yuz soʻmdan ortiq boʻlmasa” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
8) 175-moddada:
sarlavhasi va birinchi qismining izoh qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
