13-modda. Maxsus vakolatlarsiz muzokaralar olib borish va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida (172-I-son) · Sana: 22.12.1995 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshligʻi sifatida xalqaro munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ish koʻradi va xalqaro huquqiy normalar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq maxsus vakolatlarsiz muzokaralar olib boradi va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolaydi.
Tashqi ishlar vaziri ham maxsus vakolatlarsiz muzokaralar olib borishga va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolashga haqli.
Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonasining boshligʻi yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilot yoki konferensiya qoshidagi vakolatxonasining boshligʻi diplomatik vakolatxona joylashgan davlat bilan yoki shu xalqaro tashkilot, konferensiya doirasida maxsus vakolatlarsiz xalqaro shartnoma tuzish toʻgʻrisida muzokaralar olib borishga haqli.
Vazir yoki idora rahbari oʻz vakolati doirasida maxsus vakolatlarsiz muzokaralar olib borish va idoralararo shartnomalarni imzolashga haqli.
