12-modda. Muzokaralar olib borish va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida (172-I-son) · Sana: 22.12.1995 · Amalda
Muzokaralar olib borish va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash vakolatlari:
1) Oʻzbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufiga tegishli masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan;
2) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan;
3) idoralararo shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan tartibda beriladi.
Muzokaralar olib borish va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash vakolatlari belgilangan yozma shaklda beriladi.
