11-modda. Muzokaralar olib borish toʻgʻrisidagi va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash toʻgʻrisidagi qarorlar
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida (172-I-son) · Sana: 22.12.1995 · Amalda
Muzokaralar olib borish toʻgʻrisidagi va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash toʻgʻrisidagi qarorlar:
1) Oʻzbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufidagi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan esa, — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan;
2) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan;
3) idoralararo shartnomalarga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan tartibda qabul qilinadi.
