Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida (29-I-son) · Sana: 06.05.2005 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan va Qonunchilik palatasi qayta koʻrib chiqishda ilgari qabul qilingan tahrirda maʼqullagan qonun belgilangan tartibda Senatga yuboriladi.
Masʼul qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan va Qonunchilik palatasi ilgari qabul qilingan tahrirda maʼqullagan qonun yuzasidan xulosa beradi.
Masʼul qoʻmitaning xulosasi olinganidan keyin qonunni Senat tomonidan qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi masala belgilangan tartibda Senat majlisining kun tartibi loyihasiga kiritiladi. Senat qayta koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qonunni maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-1161151
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 30-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida (29-I-son). neolex.uz/uz/laws/law-1161155/30 (lex.uz/docs/-1161151)