Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida (29-I-son) · Sana: 06.05.2005 · Amalda
Senat kelishuv komissiyasining takliflarini qabul qilgan taqdirda qonun Qonunchilik palatasi tomonidan odatdagi tartibda qayta koʻrib chiqilishi kerak.
Kelishuv komissiyasining loaqal bitta taklifi rad etilgan taqdirda Senat kelishuv komissiyasiga yangi takliflarni taqdim etishi uchun palata tomonidan maʼqullangan tuzatishlarni inobatga olgan holda ishni davom ettirishni taklif qilishi mumkin.
Agar Senat qonunni kelishuv komissiyasining tahririda maʼqullamasa, u rad etilgan qonun sifatida Qonunchilik palatasiga qaytarilishi kerak.
Senat tomonidan rad etilgan qonun qayta koʻrib chiqish uchun Qonunchilik palatasiga yuboriladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-1161151
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 29-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida (29-I-son). neolex.uz/uz/laws/law-1161155/29 (lex.uz/docs/-1161151)