31-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida (29-I-son) · Sana: 06.05.2005 · Amalda
Senat tomonidan qayta koʻrib chiqishda senatorlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan maʼqullangan qonun imzolanishi va eʼlon qilinishi uchun Senat qarori bilan birgalikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Senatning qayta koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qonunni maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisidagi qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida Qonunchilik palatasiga yuboriladi.
Agar Senat rad etgan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonun Qonunchilik palatasida qayta koʻrib chiqilganda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Senatning eʼtirozlarini hisobga olgan holda yangi tahrirda qabul qilinsa, ushbu Qonunni Senat yangidan qabul qilingan qonun sifatida belgilangan tartibda koʻrib chiqadi.
