8-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining muvaqqat reglamenti toʻgʻrisida (30-I-son) · Sana: 15.03.2005 · Amalda
Qonunchilik palatasining majlisida koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan masalalar majlis kun tartibi loyihasiga ularni koʻrib chiqish navbati, har bir masalani koʻrib chiqishga tayyorlash uchun masʼul qoʻmitalar, maʼruzachilar (qoʻshimcha maʼruzachilar), shuningdek boshqa maʼlumotlar koʻrsatilgan holda kiritiladi.
Qonunchilik palatasi majlisi kun tartibining loyihasi Kengash tomonidan tuziladi.
Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga qonun loyihalari quyidagi ketma-ketlikda kiritiladi:
uchinchi oʻqishda koʻrib chiqiladigan qonun loyihalari;
ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqiladigan qonun loyihalari;
birinchi oʻqishda koʻrib chiqiladigan qonun loyihalari.
Deputatlar Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga kiritilgan masalalar haqida oldindan xabardor qilinadilar.
Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi palata qarori bilan tasdiqlanadi.
