9-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining muvaqqat reglamenti toʻgʻrisida (30-I-son) · Sana: 15.03.2005 · Amalda
Qonunchilik palatasi majlislari ochiq, oshkora oʻtkaziladi va ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritiladi.
Zarurat boʻlganda, Qonunchilik palatasi yopiq majlis oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin. Bunday qaror, agar bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Qonunchilik palatasi Spikeri, Kengash, qoʻmita yoki deputatlar birlashmasi tomonidan taklif kiritilgan boʻlsa, qabul qilinishi mumkin.
