37-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining muvaqqat reglamenti toʻgʻrisida (30-I-son) · Sana: 15.03.2005 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining, konstitutsiyaviy qonunning, ularga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonunlarning loyihalarini qabul qilish uchun deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi talab qilinadi.
Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini tegishli taklif kiritilganidan keyin olti oy ichida uning keng muhokamasini inobatga olgan holda koʻrib chiqishi mumkin.
Agar Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini qabul qilmasa, uni koʻrib chiqish kamida bir yildan keyin qayta boshlanishi mumkin.
