36-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining muvaqqat reglamenti toʻgʻrisida (30-I-son) · Sana: 15.03.2005 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonunni qayta koʻrib chiqishda Qonunchilik palatasi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
qonunni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda qabul qilish;
qonunni bundan buyon koʻrib chiqmaslik;
qonunni avvalgi qabul qilingan tahririda maʼqullash.
Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan maʼqullansa, Senatga maʼqullash uchun yuboriladi.
