38-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining muvaqqat reglamenti toʻgʻrisida (30-I-son) · Sana: 15.03.2005 · Amalda
Navbatdagi moliya yili uchun Davlat budjeti loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 15-oktabridan kechiktirmay Qonunchilik palatasiga kiritiladi.
Davlat budjeti loyihasi masʼul qoʻmita tomonidan dastlabki tarzda koʻrib chiqiladi.
Davlat budjeti loyihasiga doir materiallar deputatlarga oldindan, mazkur loyiha Qonunchilik palatasi majlisida koʻrib chiqilgunga qadar yuboriladi.
Davlat budjeti loyihasini Qonunchilik palatasining majlisida muhokama qilish Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxsning maʼruzasi bilan boshlanadi.
Davlat budjeti loyihasi boʻyicha Qonunchilik palatasining mulohazalari va takliflari uch kunlik muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn toʻrt kun ichida Qonunchilik palatasining mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda Davlat budjeti loyihasini maromiga yetkazadi va Davlat budjetining maromiga yetkazilgan loyihasini Qonunchilik palatasiga yuboradi.
Davlat budjetining loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan joriy yilning 15-noyabridan kechiktirmay koʻrib chiqilishi kerak.
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan Davlat budjeti mazkur budjet qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida koʻrib chiqish uchun Senatga yuboriladi.
