32-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining muvaqqat reglamenti toʻgʻrisida (30-I-son) · Sana: 15.03.2005 · Amalda
Kelishuv komissiyasi qonunning yagona matnini ishlab chiqish maqsadida Senatning har bir eʼtirozini alohida-alohida koʻrib chiqadi.
Kelishuv komissiyasining qarorlari kelishuv komissiyasi tarkibiga kirgan deputatlar va senatorlarning alohida-alohida ovoz berishi orqali qabul qilinadi. Qaror, agar komissiyaning har bir palatadan saylangan aʼzolarining koʻpchiligi uni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, qabul qilingan hisoblanadi.
Kelishuv komissiyasi oʻz ishining natijalari yuzasidan kelishmovchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni oʻz ichiga olgan xulosa qabul qiladi. Xulosaga qonunga doir oʻzgartishlar va qoʻshimchalar loyihasining matni ilova qilinadi.
Xulosa Qonunchilik palatasi va Senatdan saylangan kelishuv komissiyasining hamraislari tomonidan imzolanib, tegishincha Qonunchilik palatasi va Senatga topshiriladi.
