33-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining muvaqqat reglamenti toʻgʻrisida (30-I-son) · Sana: 15.03.2005 · Amalda
Kelishuv komissiyasining takliflari qabul qilingan taqdirda qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qayta koʻrib chiqilishi kerak. Qonunni qayta koʻrib chiqishda kelishuv komissiyasining bayonnomasida mavjud boʻlgan takliflargina muhokama qilinadi.
Kelishuv komissiyasining loaqal bitta taklifi rad etilgan taqdirda Qonunchilik palatasi kelishuv komissiyasiga yangi takliflarni taqdim etish uchun palata tomonidan maʼqullangan tuzatishlarni inobatga olgan holda ishni davom ettirishni taklif qilishi mumkin.
Qonunchilik palatasi qonunni kelishuv komissiyasining tahririda qabul qilsa, u maʼqullash uchun Senatga yuboriladi.
Agar kelishuv komissiyasining qonun boʻyicha ishlari yakunlariga koʻra kelishuvga erishilmasa, qonun Senat tomonidan rad etilgan qonun sifatida Qonunchilik palatasi tomonidan qayta koʻrib chiqilishi kerak.
