31-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining muvaqqat reglamenti toʻgʻrisida (30-I-son) · Sana: 15.03.2005 · Amalda
Senat tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan Qonunchilik palatasi va Senat yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun deputatlar va senatorlar orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasi tuzishi mumkin.
Qonunchilik palatasida kelishuv komissiyasi tuzish toʻgʻrisidagi tashabbus Qonunchilik palatasi Spikeridan, shuningdek deputatlar birlashmalaridan chiqishi mumkin.
Kelishuv komissiyasi tarkibiga nomzodlar yuzasidan Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi tomonidan oʻzaro maslahatlashuvlar oʻtkaziladi.
Kelishuv komissiyasining Qonunchilik palatasidan koʻrsatilgan tarkibi uning majlisida tasdiqlanadi.
Kelishuv komissiyasining har bir palatadan saylangan aʼzolari oʻz tarkibidan koʻpchilik ovoz bilan komissiyaning hamraislarini saylaydilar.
