9-modda. Vazirliklar va idoralarning fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari
Fuqaro muhofazasi toʻgʻrisida (80-II-son) · Sana: 26.05.2000 · Amalda
Vazirliklar va idoralar:
fuqaro muhofazasining tegishli rejalarini ishlab chiqadilar va ularning amalga oshirilishiga rahbarlik qiladilar;
xodimlar zamonaviy qirgʻin vositalaridan himoyalanish usullariga va urush davri sharoitidagi harakatlarga tayyorlanishi va oʻrgatilishini tashkil etadilar;
zamonaviy qirgʻin vositalari taqdid solganda va qoʻllanilganda tarmoq xodimlarini muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshiradilar;
urush davrida tarmoq va xalq xoʻjaligi obyektlari barqaror ishlashini taʼminlash tadbirlarini ishlab chiqadilar va amalga oshiradilar;
tashkilotlarni xavfsiz zonalarga evakuatsiya qilish rejalari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etadilar;
fuqaro muhofazasi moddiy-texnika, tibbiy va boshqa xil vositalar zaxiralarini yaratadilar hamda ularning toʻplanishi, saqlanishi, yangilab borilishi va qoʻllanishga shay holatda saqlab turilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar;
tarmoq fuqaro muhofazasi ahvoli toʻgʻrisida belgilangan tartibda axborot taqdim etadilar;
fuqaro muhofazasi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladilar;
xabar berish tizimini, umumiy va yakka muhofazalanish vositalarini vujudga keltiradilar hamda ularni doimiy shay holatda saqlaydilar;
fuqaro muhofazasining holatini nazorat qilib boradilar;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.
