“54-modda. Ish vaqtining qisqartirilgan muddati
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat qonunlari kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (929-XII-son) · Sana: 02.09.1993 · Amalda
Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan xodimlar uchun ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi:
1) 16 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan xodimlarga — haftasiga koʻpi bilan 36 soat;
2) 15 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan xodimlarga, shuningdek taʼtil vaqtida ishlayotgan 14 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilariga haftasiga koʻpi bilan 24 soat. Oʻquv yili davomida oʻquv mashgʻulotlaridan boʻsh vaqtda ishlayotgan oʻquvchilarning ish vaqti muddati ushbu moddaning birinchi qismida tegishli yoshdagi shaxslar uchun belgilangan normaning yarmisidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Mehnat sharoitlari zararli boʻlgan ishlarda band boʻlgan ishchi va xizmatchilar uchun haftasiga koʻpi bilan 36 soatdan iborat ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi.
Qonunlarda ayrim toifadagi xodimlar (oʻqituvchilar, vrachlar va boshqalar) uchun ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi”.
47. 56-moddaning birinchi qismidagi “41 soat” degan soʻzlar “40 soat” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
48. 59-moddaning birinchi qismidagi “(54-moddaning birinchi qismi 2-bandi va ikkinchi qismi)” degan soʻzlar “(54-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
49. 60-modda birinchi qismining birinchi bandidagi “ikki yoshga” degan soʻzlar “uch yoshga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
50. 61-moddadagi “SSR Ittifoqi va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari” degan soʻzlar “qonunlar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
51. 62-moddaning birinchi qismidagi ikkinchi gap quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Homilador ayolning, oʻn toʻrt yoshgacha boʻlgan bolasi bor (oʻn olti yoshgacha nogiron bolasi bor) ayolning, shu jumladan oʻz xomiyligida bolasi boʻlgan ayolning yoki oilaning betob aʼzosini parvarishlayotgan shaxsning iltimosiga koʻra meditsina xulosasiga muvofiq maʼmuriyat ularga toʻliq boʻlmagan ish kuni yoki toʻliq boʻlmagan ish haftasi belgilashi shart”.
52. 68-moddada:
1) birinchi qismning birinchi bandidagi “ikki yoshga” degan soʻzlar “uch yoshga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) ikkinchi qismdagi “Ikki yashardan sakkiz yoshgacha bolasi bor ayollar” degan soʻzlar “Uch yoshdan oʻn toʻrt yoshgacha boʻlgan bolasi bor (oʻn olti yoshgacha nogiron bolasi bor) ayollar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
