283-modda. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat qonunlari kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (929-XII-son) · Sana: 02.09.1993 · Amalda
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi betob boʻlinganida, mehnatda yoki boshqa vaqtda shikastlanilganda, shu jumladan turmushda jarohatlanganda, oilaning betob aʼzosini parvarishlaganda, karantin eʼlon qilinganda, sanatoriy-kurortda davolanish vaqtida, protez qilinganida beriladi.
Mehnatda shikastlanganda va kasb kasalligiga duchor boʻlganda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi toʻliq ish haqi miqdorida, boshqa hollarda esa uzluksiz mehnat stajiga, oʻz qaramogʻidagi voyaga yetmagan boqimanda bolalarining soni va boshqa holatlarga qarab ish haqining oltmish foizidan yuz foizigacha miqdorda beriladi”.
