282-modda. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha beriladigan taʼminot turlari
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat qonunlari kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (929-XII-son) · Sana: 02.09.1993 · Amalda
Xodimlar, tegishli hollarda esa ularning oilalari ham davlat ijtimoiy sugʻurtasi mablagʻlari hisobidan:
vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari bilan, ayollar esa bundan tashqari homiladorlik va tugʻish uchun beriladigan nafaqalar bilan;
bola bir yarim yoshga yetguniga qadar bolani parvarishlash uchun beriladigan nafaqalar bilan;
bola tugʻilganida beriladigan nafaqalar bilan;
yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik uchun beriladigan davlat pensiyalari bilan taʼminlanadilar.
Xodim yoki uning oila aʼzosi vafot etgan taqdirda, davlat ijtimoiy sugʻurtasi mablagʻlari hisobidan dafn qilish uchun nafaqa beriladi.
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi mablagʻlari shuningdek belgilangan tartibda sanatoriy-kurortlarda davolanish, dam olish, sugʻurta qilinganlarning shifobaxsh (parhez) taomlari uchun, ularning bolalari uchun sogʻlomlashtirish lagerlarini saqlab turish uchun, davlat ijtimoiy sugʻurtasiga doir boshqa tadbirlar uchun ishlatiladi.
