22-modda. Mehnat shartnomasining (kontraktning) muddati
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat qonunlari kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (929-XII-son) · Sana: 02.09.1993 · Amalda
Mehnat shartnomalari (kontraktlar):
1) nomuayyan muddatga;
2) muayyan — besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga;
3) muayyan ishni bajarish uchun ketadigan vaqtga tuziladi.
Muddatli mehnat shartnomasi (kontrakt) — bajarilajak ishning oʻziga xos jihatlari, uni bajarish shartlari yoki xodimning manfaatlarini hisobga olgan holda nomuayyan muddatga moʻljallangan mehnat munosabatlarini oʻrnatish mumkin boʻlmagan taqdirda, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan hollarda tuziladi.
Xalq deputati deputatlik vakolatlarini amalga oshirish uchun ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan ozod qilinganligi munosabati bilan uning oʻrniga ishga (lavozimga) qabul qilingan xodim bilan muddatli mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzilib, deputat avvalgi ishga (lavozimga) qaytganida bu shartnoma (kontrakt) bekor boʻladi.”
13. 22-1-modda chiqarib tashlansin.
14. 23-moddaning nomi va matni “Shartnomasining”, “shartnoma” degan soʻzlardan keyin tegishincha “(kontraktning)”, “(kontrakt)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
15. 24-moddada:
1) birinchi qismning 2-bandidagi “yoki xalq deputatlari posyolka yoki qishloq (ovul) Soveti ijroiya komiteti” degan soʻzlar “yoki oʻzini oʻzi boshqarish mahalliy organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;“SSSR” degan soʻz chiqarib tashlansin;
2) uchinchi qismdagi “SSR Ittifoqi va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida” degan soʻzlar “qonunlarda” degan soʻz bilan almashtirilsin.
16. 25-moddaning uchinchi qismi “qatʼi nazar” degan soʻzlardan keyin “ish boshlagan kunidan eʼtiboran” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
17. 26-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jazolar mehnat daftarchasida yozilmaydi, ushbu Kodeksning 41-moddasi 3, 4, 7 va 8-bandlari boʻyicha xodimni ishdan boʻshatish hollari bundan mustasno.”
18. 27-moddada:
1) birinchi qism “Mehnat shartnomasi” degan soʻzlardan keyin “(kontrakt)” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
2) ikkinchi qismning 2-bandidagi “hamda oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarini tamomlab chiqqan yosh mutaxassislarni ishga qabul qilganda” degan soʻzlar “hamda oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarini ishlab chiqarishdan ajralgan holda bitirgan shaxslarni oʻqish tamomlanganidan keyin ikki yil davomida ishga qabul qilganda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
