194-modda. Bolani parvarishlash otpuskasi
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat qonunlari kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (929-XII-son) · Sana: 02.09.1993 · Amalda
Ayollarning hohishiga qarab, ularga bola bir yarim yoshga yetguniga qadar bolani parvarishlash uchun qisman haq toʻlanadigan otpuska berilib, shu davrda davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqa toʻlanadi.
Yuqorida koʻrsatilgan otpuskadan tashqari, ayolning arizasiga muvofiq, unga bola uch yoshga toʻlguniga qadar ish haqi saqlanmaydigan qoʻshimcha otpuska beriladi.
Bolani parvarishlash uchun qisman haq toʻlanadigan otpuskadan va ish haqi saqlanmagan holda beriladigan qoʻshimcha otpuskadan bolaning otasi, buvisi, buvasi yoki bolani amalda parvarishlayotgan qarindoshlari ham toʻliq yoki uni qismlarga boʻlib foydalanishlari mumkin.
Ayol yoki mazkur moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar oʻz hohishlariga qarab, bolani parvarishlash otpuskasi davrida toʻliq boʻlmagan ish vaqti rejimida yoki uyda ishlashlari mumkin. Bunda ularning bolani parvarishlash uchun qisman haq toʻlanadigan otpuskasi davrida nafaqa olish huquqlari saqlab qolinadi.
Bolani parvarishlash otpuskasi umumiy va uzluksiz ish stajiga, shuningdek mutaxassisligi boʻyicha ish stajiga qoʻshiladi.
Qisman haq toʻlanadigan otpuska va ish haqi saqlanmagan holda bolani parvarishlash uchun beriladigan otpuska keyingi haq toʻlanadigan yillik otpuskalar olish huquqini beradigan ish stajiga qoʻshilmaydi.
Bolani parvarishlash otpuskasi vaqtida ish joyi (lavozimi) saqlanadi”.
116. 196-moddada:
1) moddaning nomidagi “emizikli bolasi boʻlgan onalarni” degan soʻzlar “bolali ayollarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) modda matnidagi “emizikli” degan soʻz chiqarib tashlansin;
3) modda quyidagicha mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Homilador ayolni yoki uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayolni, 14 yoshga toʻlmagan bolasi (16 yoshga toʻlmagan nogiron bolasi) bor yolgʻiz onani ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda, maʼmuriyat rad etishning sabablarini ayolga yozma ravishda maʼlum qilishi shart. Yuqorida koʻrsatilgan ayollarni ishga qabul qilishni rad etganlik ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin”.
117. 197-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
