“171-modda. Xodimlarni mehnatni muhofaza qilish boʻyicha oʻqitish
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat qonunlari kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (929-XII-son) · Sana: 02.09.1993 · Amalda
Korxonalarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha davlat nazorat organlari belgilagan tartib va muddatlarda oʻqishlari, yoʻl-yoʻriqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan oʻtkazishlari hamda qayta attestatsiyadan oʻtishlari shart.
Oʻta xavfli ishlab chiqarishlarga yoki kasb boʻyicha tanlov talab qilinadigan ishga kirayotgan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish boʻyicha imtihonlar topshiriladigan va keyin vaqti-vaqti bilan qayta attestatsiyadan oʻtiladigan oʻquv oʻtkaziladi.
Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha belgilangan tartibda oʻqitish, yoʻl-yoʻriqlar berish va bilimlarni tekshirishdan oʻtmagan shaxslarni ishga qoʻyish taqiqlanadi”.
106. 172-moddaning birinchi qismidagi “kasaba soyuzlarining markaziy komitetlari” degan soʻzlar “tegishli kasaba uyushmalari organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
107. 178-moddaning uchinchi qismidagi “sanitariya” degan soʻz “sanitariya-epidemiologiya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
108. 179 va 180-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
