“166-modda. Mehnatni muhofaza qilish talablariga javob bermaydigan korxonalar va ishlab chiqarish vositalarini ishga tushirishni taqiqlash
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat qonunlari kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (929-XII-son) · Sana: 02.09.1993 · Amalda
Yangi yoki qayta qurilayotgan korxonaning, ishlab chiqarish vositalarining birortasi ham agar ular Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda beriladigan xavfsizlik shahodatnomasiga ega boʻlmasa, foydalanishga qabul qilinishi va ishga tushirilishi mumkin emas.”
103. 169-moddada:
1) birinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati barcha ish oʻrinlarini zarur texnika asbob-uskunalari bilan taʼminlashi hamda ish oʻrinlarida qonunlarda belgilangan tartibda ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan tarmoqlararo hamda tarmoqning mehnat muhofazasiga oid yagona qoidalariga, sanitariya qoidalari va normalariga mos keladigan ish sharoitlari yaratib berishi shart.”;
2) ikkinchi qism chiqarib tashlansin.
104. 170-moddaning ikkinchi qismi “burchaklar tashkil qilishi” degan soʻzlardan keyin “korxona xodimlariga ish joylaridagi mehnat sharoitlarining hamda mehnat muhofazasining holati, ayni paytda lozim boʻladigan shaxsiy himoya vositalari, imtiyozlar va tovon pullari toʻgʻrisida axborot berib turishi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
105. 171-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
