153-modda. Intizom toʻgʻrisidagi ustavlar va nizomlar
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat qonunlari kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (929-XII-son) · Sana: 02.09.1993 · Amalda
Xalq xoʻjaligining ayrim tarmoqlarida xodimlarning ayrim toifalari uchun intizom toʻgʻrisidagi ustavlar va nizomlar amal qiladi.”
95. 154-moddada:
1) birinchi qismdan “sotsialistik musobaqada yutuqlarga erishganlik” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) ikkinchi qismdagi “qoidalarida va intizom ustavlarida” degan soʻzlar “qoidalarida, intizom toʻgʻrisidagi ustavlar va nizomlarda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
96. 158-moddada:
1) birinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mehnat intizomi buzilganligi uchun korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati quyidagi intizomiy jazo choralarini qoʻllaydi:
1) hayfsan;
2) oʻrtacha oylik ish haqining 20 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima solish.
Mehnat intizomini muntazam ravishda buzganlik, uzrli sabablarsiz progul qilganlik, ishga mast holda, narkotik yoki zaharli moddalar isteʼmol qilib gangigan holda kelganlik uchun xodimga oʻrtacha ish haqining qirq foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima solinishi mumkin. Xodimning ish haqidan jarima miqdorini ushlab qolish maʼmuriyat tomonidan ushbu Kodeksning 122-moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi;
3) ishdan boʻshatish (ushbu Kodeksning 41-moddasi 3,4,7 va 8-bandlari hamda 37-moddaning 1-bandi)”;
2) ikkinchi qismdagi “jamoat tashkilotlarining” degan soʻzlar “jamoat birlashmalarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) uchinchi qismdagi “va intizom ustavlarida” degan soʻzlar “intizom toʻgʻrisidagi” ustavlar va nizomlarda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
97. 159 va 160-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
