“115-1-modda. Oʻrindoshlik tarzidagi ishga haq toʻlash
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat qonunlari kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (929-XII-son) · Sana: 02.09.1993 · Amalda
Oʻrindoshlik tarzida ish bajarilganida, yaʼni xodim oʻzining asosiy ishini bajarishidan tashqari asosiy ishidan boʻsh vaqtda mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida boshqa haq toʻlanadigan ishni ham bajarsa, ish haqi amalda bajargan ishi uchun toʻlanadi.
Oʻrindoshlik tarzida vaqtbay haq olib ishlovchilar uchun texnik jihatidan asosli boʻlgan normalangan vazifalar belgilanganida ish haqi pirovard natijaga qarab, amalda bajarilgan ish hajmi uchun toʻlanadi.”
72. 117-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonunlarda xodimlarning ayrim toifalari uchun ish haqi toʻlashning boshqa muddatlari belgilanishi mumkin.”
73. 122-moddaning birinchi va ikkinchi qismlaridagi “SSR Ittifoqi va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida” degan soʻzlar “qonunlarda” degan soʻz bilan almashtirilsin.
74. 123-moddada:
1) 2-banddan “yoki yuqori davlat yoxud xoʻjalik organi farmoyishi bilan yoinki korxona, muassasa, tashkilotlar rahbarlarining oʻzaro kelishuviga koʻra yoki partiya, kasaba soyuzi yoki komsomol organlarining qaroriga (taklifiga) muvofiq boshqa ishga oʻtkazilishi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) modda quyidagi mazmundagi 4-band bilan toʻldirilsin:
“4) xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi sifatida jarima solinganda.”
75. 124-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
