Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida (414-XII-son) · Sana: 18.11.1991 · Amalda
Ovoz beruvchilar saylov byulletenlarini yashirin ovoz berish uchun ajratilgan kabina yoki xonada toʻldiradilar. Byulletenlarni toʻldirish vaqtida ovoz beruvchidan boshqa biron-bir kishining hozir boʻlishi taqiqlanadi. Byulletenni mustaqil ravishda toʻldirish imkoniga ega boʻlmagan saylovchi oʻz xohishiga koʻra, saylov komissiyasining aʼzolaridan, kuzatuvchilardan va nomzodlarning ishonchli vakillaridan boshqa biron kishini kabina yoki xonaga taklif qilishga haqli.
Saylovchi saylov byulleteniga, oʻzi yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi roʻparasida, oʻng tomonda joylashgan boʻsh kvadratga belgi-krestik (plyus) qoʻyadi.
Toʻldirilgan byulletenni ovoz beruvchi saylov qutisiga tashlaydi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-111838
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 32-modda. Ovoz berishni oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida (414-XII-son). neolex.uz/uz/laws/law-111840/32 (lex.uz/docs/-111838)