4-modda. Jamoat birlashmalari tuzilishi va faoliyatining qoidalari
Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida (223-XII-son) · Sana: 15.02.1991 · Amalda
Jamoat birlashmalari oʻz aʼzolari (qatnashchilari)ning ixtiyoriyligi, teng huquqliligi, oʻzini oʻzi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida tuziladi va harakat qiladi.
Barcha jamoat birlashmalari oʻz ustavlarida, boshqa hujjatlarda nazarda tutilgan vazifalarni bajarishda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlari doirasida ish koʻradilar.
Fuqaroning jamoat birlashmasi faoliyatida qatnashishi yoki qatnashmasligi uning huquqlari va erkinliklarini cheklash yoki unga imtiyozlar berish uchun, shu jumladan davlat tashkilotida lavozimni egallash sharti yoki Qonunda koʻzda tutilgan majburiyatlarni bajarmaslik uchun asos boʻla olmaydi.
Mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar, shuningdek mehnatkashlarning ijtimoiy taʼminoti va ijtimoiy sugʻurta qildirish toʻgʻrisidagi qonunchilik jamoat birlashmalari apparati xodimlariga nisbatan joriy etiladi.
