19-modda. Ommaviy axborot vositasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi
“Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-78-son) · Sana: 15.01.2007 · Amalda
Ommaviy axborot vositasi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi (bundan buyon matnda roʻyxatdan oʻtkazish deb yuritiladi). Ommaviy axborot vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ommaviy axborot vositasini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga belgilangan tartibda muassis tomonidan beriladi.
Muassisning ommaviy axborot vositasini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizasi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan oʻn kunlik muddatda koʻrib chiqilishi kerak.
Ommaviy axborot vositasini roʻyxatdan oʻtkazganlik hamda qayta roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimi olinadi.
