14-modda. Muassisning majburiyatlari
“Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-78-son) · Sana: 15.01.2007 · Amalda
Muassis:
tahririyatni tashkil etishi;
tahririyat ustavini (nizomini) tasdiqlashi;
tahririyat bilan shartnoma tuzishi;
ommaviy axborot vositasining chiqarilishini taʼminlashi;
ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini taʼminlashi;
muassisning ustav fondi oʻzgarganligi haqida, agar ustav fondida chet el investitsiyalari ulushi ushbu Qonun 8-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan chegaradan ortib ketgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan vakolatli davlat organini (bundan buyon matnda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ deb yuritiladi) xabardor etishi shart.
Muassisning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
