15-modda. Tahririyat
“Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-78-son) · Sana: 15.01.2007 · Amalda
Tahririyat ommaviy axborot vositasining chiqarilishini amalga oshiruvchi yuridik shaxs yoki yuridik shaxsning tarkibiy boʻlinmasidir.
Tahririyat qonunchilikda nazarda tutilgan har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi mumkin.
Tahririyat oʻz kasb faoliyatida mustaqildir.
Tahririyat bosh muharrir va tahririyat xodimlaridan iborat boʻlishi mumkin.
Tahririyat ommaviy axborot vositasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin oʻz faoliyatini boshlashi mumkin.
Tahririyat faoliyatini moliyalashtirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
