13-modda. Muassisning huquqlari
“Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-78-son) · Sana: 15.01.2007 · Amalda
Muassis:
ommaviy axborot vositasining roʻyxatda qayd etilgan nomidan foydalanish va uni tasarruf etish;
tahririyatning boshqaruv organlarini shakllantirishda taʼsis shartnomasi, tahririyat ustavi (nizomi) va qonunchilikda belgilangan tartibda ishtirok etish;
foydani taqsimlashda va zararlarning oʻrnini qoplashda ishtirok etish;
eng katta hajmi va chiqariladigan muddati tahririyat ustaviga (nizomiga) yoki muassis va tahririyat oʻrtasidagi shartnomaga muvofiq belgilanadigan, reklama tusida boʻlmagan xabar yoki materialni oʻz nomidan ommaviy axborot vositasida bepul joylashtirish;
tahririyatning faoliyati tugatilgan taqdirda, kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin qolgan mol-mulkni yoki uning qiymatini qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda olish huquqiga ega.
Muassis qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
