6-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili toʻgʻrisida (3561-XI-son) · Sana: 21.10.1989 · Kuchini yo'qotgan
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qaror va boshqa hujjatlari respublika davlat tilida tayyorlanadi, qabul qilinadi va eʼlon etiladi. Rasmiy nashrlarda ularning rus, qoraqalpoq, tojik, qozoq, qirgʻiz, turkman va boshqa tillardagi tarjimasi beriladi.
Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari davlat tilida tayyorlanadi, qabul qilinadi va eʼlon etiladi. Muayyan millat vakillari zich yashaydigan joylarda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari respublika davlat tilida hamda mazkur millat tilida qabul qilinadi va eʼlon etiladi.
