7-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili toʻgʻrisida (3561-XI-son) · Sana: 21.10.1989 · Kuchini yo'qotgan
Oʻzbekiston Respublikasida muassasa, korxona, tashkilot va birlashmalarda ish respublika davlat tilida yuritiladi.
Mehnat ahlining koʻpchiligi oʻzbek tilini bilmaydigan korxona, muassasa, tashkilot va birlashmalarda ish respublika davlat tili bilan bir qatorda rus tili yoki boshqa tillarda ham olib boriladi. Bunday korxonalarning roʻyxati xalq deputatlari rayon, shahar Sovetlarining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Ministrlar Soveti tomonidan belgilanadi.
Umumittifoq tasarrufidagi korxonalarda ish respublika davlat tili bilan bir qatorda rus tilida ham yuritiladi.
