5-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili toʻgʻrisida (3561-XI-son) · Sana: 21.10.1989 · Kuchini yo'qotgan
Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatida, syezd, plenum, qurultoy, sessiya, konferensiya, majlis va kengashlar respublikaning davlat tilida olib boriladi va aynan tarjimasi taʼminlanadi.
Mehnat kollektivlarida majlislar davlat tilida, shuningdek, majlis ahli tanlangan tilda olib boriladi.
Majlis ishtirokchilari istagan tilda soʻzga chiqishlari mumkin: ularning nutqlari majlisning ish tiliga tarjima qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasida oʻtkaziladigan xalqaro, umumittifoq va respublikalararo simpoziumlar, konferensiyalar, kengashlar va majlislarda respublika davlat tili va majlis ahli tanlagan til qoʻllanadi.
