4-modda. Jamiyatga beriladigan huquqlar
Davlat-aksiyadorlik mashina-traktor parkining (324-son) · Sana: 08.04.1997 · Amalda
4.1. Mulk egasining roziligiga binoan qishloq xoʻjaligi texnikasini, binolarni, inshootlarni, dastgohlarni, transport vositalarini sotib olish va qayta ijaraga berish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan nazarda tutilgan hollarda amalga oshiriladi.
4.2. Qurilishning umumiy tartib qoidalariga rioya qilgan holda oʻz mablagʻlari va olingan qarzlar hisobiga ishlab chiqarish uchun moʻljallangan va noishlab chiqarish yoʻnalishidagi zarur binolar, shu jumladan turar joylar qurish.
4.3. Ijarachi ijaraga olingan mulkni ijaraga beruvchining ruxsati bilan yaxshilagan boʻlsa, shartnoma muddati tugagach va shartnoma bekor qilinganida, basharti shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ijarachi ishlab chiqarish maqsadida qilingan barcha xarajatlarning oʻrnini toʻldirishni talab qilishga haqli.
4.4. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda Jamiyat Oʻzbekiston Respublikasi hududida va xorijiy mamlakatlarda oʻziga tegishli turdosh korxonalar, agentliklar va vakolatxonalar, shuningdek chet ellik sheriklar ishtirokida qoʻshma korxonalar ochish huquqiga ega.
