3-modda. Jamiyatning bajaradigan ishlari
Davlat-aksiyadorlik mashina-traktor parkining (324-son) · Sana: 08.04.1997 · Amalda
3.1. Xoʻjaliklar bilan texnologik xaritalarga muvofiq mexanizatsiyalashgan qishloq xoʻjaligi ishlarining turlari, hajmlarini va bajarish muddatlarini belgilab, qilinadigan ishlarni oʻz vaqtida agrotexnik muddatlarda bajarish.
3.2. Tuproqqa ishlov berish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini parvarish qilish, hosilni yigʻishtirib olish va boshqa xizmatlarda mexanizatsiyalashgan ishlarni shartnomaviy narxlarda bajarish.
3.3. Andoza (standart)lar talabiga muvofiq ravishda qishloq xoʻjaligi texnikalarini tuzatish, ularga texnik xizmat koʻrsatish va saqlashni tashkil qilish.
3.4. Transport vositalari bilan jamoa, shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklariga, shirkatlar uyushmalariga transport xizmati koʻrsatishni tashkil etish.
3.5. Qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtiruvchi mayda tovar ishlab chiqaruvchilarga, jamoa, shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklariga shirkatlar uyushmalariga ularning buyurtmanomalari boʻyicha texnik hamda servis xizmati koʻrsatish, traktorlar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, ehtiyot qismlar va boshqa turdagi moddiy texnika resurslari bilan taʼminlash.
3.6. Isteʼmolchilarni talablariga javob bera oladigan xalq isteʼmoli mollarini ishlab chiqarish va sotish.
3.7. Ishdan chiqqan ehtiyot qismlarni taʼmirlash, yangilarini ishlab chiqarish va sotish.
3.8. Yangi qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotib olish.
3.9. Qimmatbaho qogʻozlar chiqarish va ular bilan ishlash, shu jumladan Fond birjalari orqali sotish.
3.10. Ishlab chiqarish texnika bazasini rivojlantirish.
3.11. Ijtimoiy sohalarda xizmat koʻrsatish (qurilish materiallarini ishlab chiqarish sartaroshxonalar ochish va boshqa turdagi xizmatlar).
3.12. Maxsus litsenziya talab qilinadigan faoliyat turlari bilan Jamiyat tegishli litsenziya olganidan soʻng shugʻullanish huquqiga ega boʻladi.
3.13. Mexanizator kadrlar, mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
