2-modda. Jamiyatning asosiy vazifalari
Davlat-aksiyadorlik mashina-traktor parkining (324-son) · Sana: 08.04.1997 · Amalda
2.1. Jamoa, shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklari, shirkatlar birlashmalari, chorvachilik Fermalari bilan tuzilgan shartnomalar asosida mexanizatsiyalashgan qishloq xoʻjalik ishlarini belgilangan muddatlarda bajarish.
2.2. Xoʻjaliklar bilan tuzilgan shartnomalar asosida traktorlarni va qishloq xoʻjaligi texnikalarini tuzatish, ularga texnik, transport xizmati koʻrsatish, moddiy texnika resurslari bilan taʼminlash, xalq isteʼmoli mollarini ishlab chiqarish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanish.
2.3. Jamoa chorvachilik Fermalari, shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarining buyurtmalariga koʻra qurilish ishlarini shartnomalar asosida amalga oshirish.
2.4. Taʼmirlash ustaxonalaridan, xoʻjaliklardan ijaraga, oʻz balansiga olingan texnikalar, avtotransportlar va boshqa asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini oshirish.
2.5. Taʼmirlash ustaxonalari, texnikalarga xizmat koʻrsatish bazasini mustahkamlash, Fan va texnika yangiliklarini ishlab chiqarishga muntazam joriy qilib borish.
2.6. Mexanizatsiyalashgan ishlarning har bir gektariga, shuningdek, qishloq xoʻjaligi texnikasini taʼmirlash va saqlab turish uchun ketadigan xarajatlarni kamaytirish.
