5-modda. Jamiyatning ustav jamgʻarmasi
Davlat-aksiyadorlik mashina-traktor parkining (324-son) · Sana: 08.04.1997 · Amalda
5.1. Jamiyatning ustav jamgʻarmasini tashkil etish maqsadida aksiyadorlar qoʻshadigan mulkiy va pul mablagʻlari sifatidagi ulush miqdorida Ustav jamgʻarmasi hosil etiladi. Jamiyatning ustav jamgʻarmasi unga kiruvchi har bir jamiyatning hozirgi kundagi asosiy Fondlarining qiymatiga teng boʻladi.
5.2. Jamiyat aksiyalari quyidagi tartibda birlamchi joylashtirish nazarda tutilsin.
davlat ulushi ustav jamgʻarmasining 35 (oʻttiz besh) foizini tashkil qiladi;
jamoa ulushi ustav jamgʻarmasining 15 (oʻn besh) foizini tashkil qiladi:
qishloq xoʻjaligi korxonalari oʻrtasida joylashtirish ustav jamgʻarmasining 30 (oʻttiz) foizini tashkil qiladi:
erkin sotish, shu jumladan chet el investorlariga ustav jamgʻarmasining 20 (yigirma) foizini tashkil qiladi.
5.3. Ilgari chiqarilgan aksiyalar nominal qiymatida qoldirilishi mumkin yoki ular aksiyadorlardan olinib oʻrniga yangi chiqariladigan aksiyalar berilishi ham mumkin.
5.4. Aksiyaga yozilishda qatnashayotgan shaxslar Jamiyat roʻyxatga olingandan keyin bir yil ichida aksiyalarni sotib olishlari lozim. Aksiyalarni sotib olish muddati tugagach, jamiyat ularni mustaqil tarzda sotib yuborishga haqlidir.
5.5. Oddiy aksiyalar jamiyat aksiyalarining asosiy qismini tashkil etadi. Imtiyozli aksiyalar jamiyat ustav jamgʻarmasining 20 (yigirma) foizdan ortiqroq qiymatda chiqarilishi mumkin emas. Imtiyozli aksiyalar egalariga dividentlarni olishda afzal huquq hamda jamiyat tugatilgan taqdirda uning mol mulkini taqsimlashda ustunlik bilan ishtirok etish huquqini beradi.
5.6. Imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar jamiyat joriy yilda olgan foydasidan qatʼiy nazar, ularning belgilangan nominal qiymatidan 20 (yigirma) foizdan kam va 100 foizdan koʻp boʻlmagan miqdorda toʻlanadi.
5.7. Aksiyador umumiy yigʻilishi belgilangan muddatlarda, lekin jamiyatning roʻyxatga oʻtgan davridan boshlab bir yildan kechiktirmay aksiyalarni toʻlaligicha sotib olishi lozim. Sotib olinmagan aksiyaga dividend hisoblanadi, ammo toʻlanmaydi. Bu summa jamiyat ixtiyorida qoladi.
